Ochiqlik siyosatiga qarshi chiqqanlar jazolanadi
Prezident tomonidan imzolangan Qonunda bu haqda so‘z boradi.

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–786-son, 03.08.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi
Ushbu qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha (900 ming so‘mdan 1,5 mln so‘mgacha) jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi. Mazkur huquqbuzarliklar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadi.
Bundan tashqari, “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunda advokatlar iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda davlat va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza o‘tkazilishini so‘rash huquqiga ega ekanligi belgilandi.







