O'zbekiston

Sog‘liqni saqlash vaziri Antikorrupsiya agentligi rahbariga kelishib olishni taklif qildi

Behzod Musayev SSV tizimida aniqlangan moliyaviy xato-kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan e’tiroz bildirdi.

Sog‘liqni saqlash vaziri Antikorrupsiya agentligi rahbariga kelishib olishni taklif qildi

 

Bugun, 4-avgust kuni Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Sog‘liqni saqlash vaziri B. Musayev ham ishtirok etib, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘layotgan sog‘liqni saqlash tizimidagi moliyaviy xato-kamchiliklar haqidagi ma’lumotlar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A. Burhonovga o‘z e’tirozlarini bildirdi.

 

“Tizimda juda ko‘plab kamchiliklarga e’tibor berilgan. Lekin juda katta bir raqamlar qo‘yilib ketmoqda. Nima uchun 34-varaqdagi hisobotda sog‘liqni saqlash tizimida 50 milliard moliyaviy xato-kamchiliklar deyilyapti? 45-varag‘ida 56 milliard?


Shunday bir kayfiyat borki, bu katta raqamni ortidan quvishdek. Bir narsaga kelishib olishimiz kerak-da. Moliyaviy nazorat organidan olingan ma’lumotlar asosida tayyorlangan hisobot… Moliyaviy nazorat organi aniqladi, bu korrupsiyaviy holat bo‘ldimi yoki yo‘qmi? Buni hali sud isbotladimi yoki yo‘qmi?


395 ta davolash profilaktika muassasalarida… Bizning tibbiyot tizimida 500 mingdan ortiq xodim ishlaydi. Hozir tibbiyot sohasi eng korrupsion soha degan xulosa qilinyapti. Qani, shu 395 ta tashkilot. Biz ko‘rganimizdan beri shu ma’lumotlarning tagiga yetgimiz kelyapti”, — degan vazir. 

 

Xususan, vazir bu hisobot moliyaviy nazorat organlarining ma’lumotlari asosida tayyorlanganini ta’kidlab, “agar tizimda shunday korrupsion holatlar bo‘lgan bo‘lsa, nega birorta kattaroq tibbiyot tizimining rahbari yoki boshqa mansabdorga nisbatan sud tomonidan qat’iy chora ko‘rilmadi?”, degan savolni o‘rtaga tashlagan. 

 

Senat raisi Tanzila Norboyeva bu ma’lumotlarning asosi bo‘lmasa, Senatga olib chiqilmasligini, bu kabi masalalarda agentlik direktori bilan vazirlikda muhokama qilinishini ta’kidlagan.

 

“Bu yer adi-badi aytib o‘tiradigan auditoriya emas-da. Bizga bu yerda milliy ma’ruzani taqdim qilishi kerak, biz uni eshitib, o‘zimizning topshiriqlarni agentlikka berishimiz kerak. Hozir agar siz chiqib buni gapiradigan bo‘lsangiz, Xalq ta’limi vazirligi yoki boshqa vazirliklar chiqib gapiradigan bo‘lsa, bu boshqacha maydonga aylanib ketadi”, – degan Norboyeva.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov bu ma’ruza boshqa idoralar bilan ham hamkorlikda qilinganini ta’kidlab, unga jamoatchilikda shubha bo‘lmasligini so‘ragan.

 

“Bu milliy ma’ruza faqat agentlik tomonidan ishlab chiqilgan emas, balki korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralar bilan birgalikda tayyorlangan. Hozir bu yerda jamoatchilik ham ko‘ryapti, bu milliy ma’ruzaga shubha bo‘lmasligini so‘rardim. Bu milliy ma’ruzani biz mart oyida tayyor qilganmiz va vazirlik-idoralarga yuborganmiz”, — degan u.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.