Eron Rossiya kosmodromidan sunʼiy yo‘ldosh uchiradi
Ekspertlar Moskvaning bu qurilmadan Ukrainani kuzatishda foydalanishidan xavotirda.

9 avgust kuni Rossiya Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan Eronning "Xayyom" sunʼiy yo‘ldoshini fazoga olib chiqadi. Ayrim G‘arb davlatlari maxsus xizmatlari bu tizimlar orqali Moskva bir necha oy Ukrainani kuzatmoqchi ekanini taʼkidlamoqda.
Sunʼiy yo‘ldosh yuqori sifatli kameraga ega, bundan tashqari, aniq obyektni kuzata oladi. Amerika maxsus xizmatlari Eron kosmik qurilmalari rivojlanishi dasturini diqqat bilan kuzatib boryapti. Ular Tehron bundan Isroil yoki Fors ko‘rfazidagi arab davlatlarini kuzatishda foydalanishi mumkin deb hisoblamoqda.
Razvedka xizmatlari Moskva dastlab yo‘ldoshdan Ukraina qo‘shinlari harakatini kuzatishda foydalanadi, degan taxminni ilgari surgan.
Avvalroq AQSH Eron bilan yadro masalasida muzokara o‘tkazishi maʼlum qilingandi.







