Orban: Ukrainadagi tinchlik Rossiya va AQSH qo‘lida
Vengriya bosh vaziri dunyo yetakchilarining Ukraina bo‘yicha pozitsiyasini tanqid qildi.

Rossiya va AQSH muzokaralarisiz Ukrainada tinchlikka erishib bo‘lmaydi. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban maʼlum qildi.
Uning fikricha, dunyo yetakchilarining strategiyasi nizoning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
“Bu olovga moy sepish bilan barobar. Bundan tashqari, tinchlik imkoniyatini pasaytiradi. Rossiya va AQSH muzokaralarisiz Ukrainada hech qachon tinchlik o‘rnatilmaydi”, – degan bosh vazir Texasdagi konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida.
Bundan tashqari, Orban G‘arb “o‘zi bilan o‘zi urush holatida” ekanini taʼkidlagan.
Avvalroq Vengriya bosh vaziri Rossiyaga qarshi cheklovlarni to‘xtatishga chaqirgandi.







