O‘zbekistonda dollar kursi pasaydi
Bu - ketma-ket 3 kun ko‘tarilishdan keyingi tushish.

Markaziy bank chet el valyutalarining 5-avgust kuniga belgilangan narxlarini e’lon qildi.
Unda dollar, yevro kurslarining pasayganligini, rublning esa oshganini kuzatish mumkin:
- dollar 10 919,98 so‘m (-22,69);
- yevro 11 125,18 so‘m (-20,93);
- rubl 181,47 so‘m (+0,60).







