Xitoy Yevroittifoqdan arazladi
Mamlakat o‘z elchilarini Yevropadan chaqirtirib olmoqda.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Yevropadan elchilarini chaqirtirib oldi. Bu haqda “Associated Press” agentligi xabar berdi.
Nashrning yozishicha, bunga Xitoy armiyasining Tayvan atrafida harbiy mashg‘ulot o‘tkazilishi ortidan G7 davlatlari va Yevroittifoq tanqidiy bayonot bilan chiqshi sabab bo‘lgan. Rasmiy Pekin ularga “Xitoyning ichki ishlariga aralashish” deya norozilik bildirgan.
“Pelosining Tayvanga tashrifi ochiqdan-ochiq siyosiy hiyla-nayrang va Xitoy suverenitetini qo‘pol buzishdir. Tayvan-AQSH provokatsiyasiga javoban Xitoyning qarshi hujumi tabiiydir”, — dedi mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari.
Elchilar bilan uchrashuv 4-avgust kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan, biroq vazirlik unda qaysi davlatlar ishtirok etganiga aniqlik kiritmagan. Xitoy G7 e’loniga norozilik sifatida Yaponiya bilan muzokaralarni bekor qildi.
Tayvan Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni ertalab Xitoy harbiy kemalari Tayvan bo‘g‘ozidagi orol va Xitoy o‘rtasidagi norasmiy bufer zonadan o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy armiyasi AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Xitoy o‘z hududi deb hisoblaydigan orolga tashrifiga javoban Tayvan atrofida raketa uchirilishi bilan harbiy mashg‘ulotlarni boshlagan edi.








