AQSHda 1 daqiqada samolyotga aylanuvchi mashina yaratildi
Uning taxminiy narxi 150 ming dollarga baholangan.

Amerika Qo‘shma Shtatlarida bir tugmani bosish orqali samolyotga aylanadigan uch g‘ildirakli sport avtomobili yaratildi. Bu haqda “NewAtlas” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mashinaning to‘liq konvertatsiyasi taxminan uch daqiqa davom etadi.
“Samson Switchblade” 190 ot kuchiga ega 3 silindrli, 1,6 litrli suyuqlik bilan sovutilgan dvigatel bilan jihozlangan. Shuningdek, u uch g‘ildirakli bo‘lgani uchun ko‘plab hududlarda mototsikl sifatida ro‘yxatga olinishi mumkin. Avtomashina soatiga 201 km tezlikda harakatlanadi. Parvoz tezligi esa soatiga 257 kilometrni tashkil etadi.
Avtomobilning taxminiy narxi 150 ming AQSH dollar deb baholanmoqda.








