O'zbekiston

Chilonzorda 100 dan ortiq daraxt shikastlangani ma’lum bo‘ldi

Hisob-kitoblarga ko‘ra, tabiatga 420 mln so‘m zarar yetkazilgan.

Chilonzorda 100 dan ortiq daraxt shikastlangani ma’lum bo‘ldi

 

 

Avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor ko‘chasini rekonstuksiya qilish jarayonida daraxtlarga shikast yetkazilgani va bu bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar qilingandi. 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi ham dastlabki o‘rganish ishlari va uning natijalari bo‘yicha rasmiy bayonot e’lon qildi.

 

Aniqlanishicha, Chilonzor ko‘chasi yo‘lini rekonstruksiya qilish jarayonida umumiy rejalashtirilgan 1,4 km yo‘l ta’mirlash loyihasining 300 metr qismida eski irrigasiya tarmoqlar (lotoklar) olib tashlanib, yo‘lni kengaytirish va sathini 1 metrgacha pasaytirish ishlari amalga oshirilgan.


Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari jarayonida Chilonzor ko‘chasidagi mavjud jami 101 tup daraxtlarga, shu jumladan, 92 tup eman, 1 tup chinor, 5 tup tut, 2 tup archa va 1 tup mevali behi daraxtlarining ildiz qismini shikastlanganligi aniqlangan. 

 

Diametri 45–98 santimetrgacha bo‘lgan 7 tup eman daraxtlarining ildiz qismiga jiddiy shikast yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish natijasida yana 2 tup eman, jami 9 tup eman daraxtlarining ildiz qismiga jiddiy shikast yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu daraxtlarni saqlab qolish ehtimoli xavf ostida. 

 

Shuningdek, Chilonzor ko‘chasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari natijasida qolgan 90 dan ortiq daraxtlar o‘sishdan to‘xtamaydigan darajada shikastlangani aniqlangan.

 

Toshkent shahar, Chilonzor ko‘chasini rekonstruksiya qilish jarayonida daraxtlarni ildiz tizimiga shikast yetkazilishi holatlari bilan, O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 32, 37-moddalari talablari buzilishiga olib kelgan.

 

Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, daraxtlarni ildiz tizimi jiddiy shikastlantirilganligi natijasida o‘simlik dunyosiga 420 mln 450 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi hisob-kitob qilingan.

 

Amaldagi qonunchilik talablariga ko‘ra, qurilish loyihalarni amalga oshirishdan oldin ekologik me’yoriy loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi hamda majburiy tartibda Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi belgilangan. Aniqlanishicha, mazkur yo‘l qurilish-ta’mirlash ob’yekti bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat ekologik ekspertiza xulosasi olinmagan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Chilonzorda 100 dan ortiq daraxt shikastlangani ma’lum bo‘ldi | Zamon.uz