Qirolicha Yelizaveta II ta’tilini bekor qildi
U yangi Bosh vazirga ko‘rsatmalar bermoqchi.

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II yangi Bosh vazirga hukumatni shakllantirish bo‘yicha ko‘rsatma berish uchun Shotlandiyadagi “ta’tilini” to‘xtatmoqchi.“Daily Mail” nashrining yozishicha, qirolicha, odatda, Balmoral qasridan oktyabr oyining boshlarida qaytardi. Ammo bu yil istisno tariqasida Londonda qoladigan bo‘ldi.
Qirolichaning yangi bosh vazirni kutib olish uchun tashrifi uzoq davom etmaydi, shundan so‘ng u Shotlandiyaga qaytadi.
Oxirgi turda ikki nomzodning qay biri g‘olib bo‘lishi 200 mingga yaqin partiya a’zolari tomonidan tanlanadi. Ovoz berish pochta orqali amalga oshiriladi. Natijalar 5 sentabrda, parlament yozgi tanaffusdan so‘ng o‘z ishini qayta boshlaganda e’lon qilinishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yilda Tereza Meyning o‘rniga bosh vazir lavozimini egallagan hozirgi Bosh vazir Boris Jonson 7 iyul kuni bosh vazirlik va Buyuk Britaniya Konservativ partiyasi rahbari lavozimini tark etishini e’lon qildi.








