Deyarli 40 foiz amerikalik Bayden va Trampning prezident bo‘lishini istamaydi
Ko‘pchilik ularni mamlakat uchun “eng yomon” variant deb hisoblamoqda.

O‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, amerikalik saylovchilarning ko‘pchiligi AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden va sobiq yetakchi Donald Trampning ikkinchi muddatga saylanishini istamaydi.
Respondentlarning 37 foizi Trampning 2024 yilda qayta saylanishini mamlakat uchun “eng yomon” variant deb hisoblasa, 35 foizi Bayden haqida ham shunday fikr bildirgan.
Trampning qayta saylanishiga qarshi chiqqanlarning demokratlar 85 foizi demokratlar, 25 foizi respublikachilar. Baydenning ikkinchi prezidentlik muddatiga qarshilarning 43 foizi demokratlar, 84 foizi respublikachilar.
Ayni paytda demokratlarning atigi 30 foizi vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini qo‘ysa, uni qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Saylovchilarning 52 foizi esa Demokratik partiyadan boshqa birovning nomzodi bo‘lishini xohlashlarini aytgan.








