Eronda ayollarning reklama roligida suratga tushishi taqiqlandi
Qarorga amal qilmaganlar jazoga tortiladi.

Eron Islom Respublikasi Madaniyat va Islom irodasi vazirligi ayollarning reklama roliklariga tushishini taqiqlashga qaror qildi.
Tegishli qaror muzqaymoq ishlab chiqaruvchisining e’lon qilingan reklama roligidan so‘ng qabul qilindi.
Videoda yuzi ochiq holda mashina haydab, muzqaymoq yeb ketayotgan qizni ko‘rish mumkin. Mamlakat rasmiylari bunday videoni jamoat odob-axloqiga zid va ayollar qadriyatlarini kamsituvchi, shuningdek, jamiyatda axloqsizlikni targ‘ib qilishga olib keladi deb hisobladi.
Bu chora rasmiylar jamoat joylarida ro‘mol o‘rashni talab qiluvchi qonunni buzgan ayollarga nisbatan keskin choralar ko‘rayotgan bir paytda amalga oshirildi.








