Germaniya Ukrainaga zenit qurilmalarini taqdim etdi
Bu mamlakat havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini kuchaytiradi.

Germaniya Kiyevga uch dona “Gepard” o‘ziyurar zenit qurilmalarini yetkazib berdi. Bu haqda Ukraina prezidenti ofisi rahbari Andrey Yermak maʼlum qildi.
Harbiy tahlilchilar fikricha, bu texnika orqali havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini jiddiy kuchaytirish mumkin. Ukrainalik harbiylar Germaniyada “Gepard”dan foydalanishni o‘rganib qaytgan.
Berlin jami 30 ta shunday tizimlarni yetkazib berishi maʼlum qilingan.
Avvalroq Olaf Shols Germaniya o‘zida yo‘q qurollarni Kiyevga berayotganini aytgandi.







