Rossiya-Xitoy tovar ayirboshlash hajmi 29 foizga oshdi
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,2 foizga ko‘p.

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning iyuligacha 29 foizga oshdi va 97,71 mlrd dollarni tashkil qildi. Unga ko‘ra, Xitoy Rossiyaga 36,26 mlrd dollarlik mahsulot eksport qilgan, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan 5,2 foizga ko‘p ekanini bildiradi.
Rossiyadan Xitoyga yetkazib berish hajmi 48,8 foizga oshib, 61,44 mlrd dollarni tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, 2021-yilda Rossiya–Xitoy savdosi 35,8 foizga oshib, rekord darajadagi 146,89 mlrd dollarga yetgan.







