Ukraina portlaridan Turkiyaga yana 4 ta kema jo‘naydi
Bu haqda Anadolu axborot agentligi maʼlum qildi.

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar bilan 7 avgust kuni bo‘lib o‘tgan muloqot va Istanbuldagi qo‘shma muvofiqlashtirish markazi bilan kelishuv natijasida Ukraina portlaridan yana 4 ta kemani chiqarish rejalashtirilgan.
Milliy Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Ukrainadan jo‘nashi rejalashtirilgan kemalardan biri Odessadan, yana 3 ta kema esa Chernomorskdan yo‘lga chiqadi. Bitta bo‘sh yuk kemasi Ukraina portlariga kirishi rejalashtirilgan.
Tovarlarni tayyorlash va tashishni muvofiqlashtirish belgilangan tartibda davom etmoqda. 22-iyul kuni Istanbulda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ishtirokida Ukraina portlaridan g‘alla xavfsiz tashish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Hujjatni Ukraina, Rossiya, BMT va Turkiya vakillari imzoladi. Oxirgi bir necha kun ichida makkajo‘xori ortilgan to‘rtta kema Odessa portlaridan «don yo‘lagi» orqali jo‘nab ketdi.







