Zelenskiy Putin bilan uchrashadimi?
Kreml Erdo‘g‘onning uchrashuvni tashkil qilish taklifiga javob qaytardi.

Kreml Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Ukraina va Rossiya rahbarlarining uchrashuvini tashkil etish taklifiga javob qaytardi.
Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Moskva Turkiya rahbarining tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi, biroq hozir Ukraina muzokaralarda ishtirok etishni istamayapti.
Shuningek, Rossiya vakili Putinning Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini tasdiqlamagan. U yana bir bor Ukrainani muzokaralar jarayoniga to‘sqinlik qilayotganlikda aybladi.
Eslatib o‘tamiz, Peskov avvalroq Rossiya Ukrainaga bostirib kirishda hozircha “o‘z salohiyatining kichik bir qismidan foydalanayotganini” aytgan edi. Bundan tashqari, Vladimir Putin Rossiya Ukrainada “hali jiddiy hech narsa boshlamaganini” bildirgandi.








