Jizzaxda Сobalt haydovchisi aka-singilni urib yubordi
Oqibatda 8 yoshli bola voqea joyida halok bo‘lgan.

Jizzax viloyatining Gʻallaorol tumanida Cobalt haydovchisi ikki piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Hodisa 3-avgust kuni soat 12:00 larda Gʻallaorol tumani “Ko‘kbuloq” QFY hududidan o‘tuvchi Gʻallaorol—Qo‘ytosh 4K-237 avtomobil yo‘lining 10-kilometrida sodir bo‘lgan. “Baxt” MFYda yashovchi 36 yoshli fuqaro Cobaltni boshqarib borayotib, yo‘lning o‘n tarafida velosipedda ketayotgan 8 yoshli bola va uning 4 yoshli singlisini urib yuborgan.
YTH oqibatida bola tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. Singlisi “chap chanoq yopiq sinishi, qorin bo‘shlig‘i shikasti” tashxisi bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.








