O'zbekiston

Tadbirkorlarning transport xarajatlari qisqartiriladi

Bu bo‘yicha Prezident vazirlikka topshiriq berdi.

Tadbirkorlarning transport xarajatlari qisqartiriladi

 

 

Bugun, 9-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish va diversifikasiya qilish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

 

O‘zbekistonda sanoat, tadbirkorlik tobora rivojlanib bormoqda. Yil boshidan buyon 50 mingta yangi korxona tashkil topgan, eksportyorlar soni 7 ming 500 dan oshgan. Eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 baravarga ko‘payib, 8 milliard 200 million dollarga yetgan.

 

Iqtisodiyotda ishlab chiqarish qanchalik muhim bo‘lsa, mahsulotni yetkazib berish ham shunchalik ahamiyatli. Ayniqsa, hozir dunyoda logistika muammolari avjiga chiqqan vaziyatda bu o‘ta dolzarb hisoblanadi.

 

Shu bois davlat tomonidan eksportchi korxonalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Bu yil O‘zbekiston mahsulotlari 32 ta yangi bozorga kirib bordi. Jahon savdo tashkilotiga kirish bo‘yicha ishlar ham jadallashmoqda.

 

Dunyoda yuk tashish xarajatlari oshganini inobatga olib, eksportyorlarga bu xarajatlarni qisman qoplash uchun davlat tomonidan 170 milliard so‘m kompensasiya berildi. Shuningdek, Yevropaga tayyor mahsulotlar eksport qiluvchi korxonalarga transport xarajatlari uchun subsidiya miqdori 50 foizdan 70 foizga oshirildi.

 

O‘zbek mahsulotlari xorijga, asosan, 9 ta transport yo‘lagi orqali tashiladi. Taqdimotda har bir transport yo‘lagi bo‘yicha dolzarb masalalar va ularni hal etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

 

“Transport sohasini rivojlantirish iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish uchun muhim zamin. Transportda yuk tashish tannarxi past bo‘lsa, ham eksport, ham investisiya ko‘payadi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Transport vazirligiga tadbirkorlar uchun eng maqbul yo‘llarni taklif etish va ularning transport xarajatlarini qisqartirish vazifasi qo‘yildi. 

 

Yevropaga eksport yuklarini tashish uchun qo‘shimcha ruxsatlar olish muhimligi ta’kidlandi. Avtomobilda yuk tashish uchun Pokiston va Turkmaniston bilan qo‘shma transport kompaniyalari tashkil etish taklifi bildirildi.

 

“Qo‘ng‘irot-Beynov” xalqaro avtomobil yo‘li rekonstruksiyasini jadallashtirish, yuk vagoni ishlab chiqarish quvvatlarini to‘liq ishga solish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Tadbirkorlarning transport xarajatlari qisqartiriladi | Zamon.uz