Mask Tesla aksiyalarini sotdi
U Twitter bilan mojaro tufayli buni amalga oshirgan.

Ilon Mask Tesla‘ning qariyb 7 milliard dollarlik aksiyalarini sotdi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
Biznesmenni bu qarorga kelishiga Twitter bilan keskinlashgan munosabatlari sabab bo‘lgan. Milliarder sud uni ijtimoiy tarmoqni sotib olishga majbur qilsa, Tesla aksiyalari narxi pasayib ketishidan xavotirga tushgan.
Aprel oxirida Mask Twitter‘dagi 4 milliard dollarlik aksiyalarini sotgan. Iyul oyida u ushbu tarmoqni sotib olishdan bosh tortadi.
Shundan keyin Twitter tadbirkorni sudga beradi. Ammo ko‘p o‘tmay Mask ham kompaniyaga qarshi daʼvo kiritadi.







