O‘tgan yetti oyda O‘zbekiston 438 million dollarlik elektrotexnika eksport qilgan
Shuningdek, sohaga jalb qilingan investitsiyalar haqida maʼlumot berildi.

O‘tgan yetti oyda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 10 trln so‘mni, eksport esa 438 mln dollarni tashkil etdi. Bu haqda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi axborot xizmati rahbari Namoz Tolipov maʼlum qildi.
Bundan tashqari, 54,7 mln. dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 23 ta loyiha ishga tushirilgan.
Hozirda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika tovarlari 48 davlatda sotilmoqda.
Mahalliylashtirish dasturidagi loyihalarni amalga oshirilishi hisobiga 9 ta yangi turdagi import o‘rnini bosuvchi tayyor mahsulot va butlovchi qism ishlab chiqarishi o‘zlashtirilgani ochiqlandi.







