O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ochilgan ipoteka markazini borib ko‘rdi

Prezident mutasaddilarga tomorqa ipotekasini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ochilgan ipoteka markazini borib ko‘rdi

 

Bugun, 10 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Yashnobod tumanida tashkil etilgan ipoteka markazini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. 

 

Aholini uy-joy bilan ta’minlash doim muhim masala. Davlat va xususiy sektor tomonidan ko‘plab uylar qurilayotgani bunga imkoniyat yaratmoqda. Ularni sotib olish uchun ko‘maklashish maqsadida ipoteka kreditlari taklif etilmoqda. Lekin bu boradagi imkoniyat va tartiblardan hamma ham xabardor emas.

 

Masalan, joriy yilda ipoteka kreditlari uchun tijorat banklariga byudjetdan 13 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Lekin olti oyda aholiga bu mablag‘larning 30 foizi berilgan, xolos.

 

Shu bois Prezident 6 iyul kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bu borada byurokratiyani kamaytirish, aholiga kompleks xizmat ko‘rsatadigan ipoteka markazlari tashkil qilish zarurligini aytgan edi.

 

Birinchi shunday markaz Toshkentda ish boshladi. Bu yerda ipoteka bozoridagi takliflar umumlashgan va shaffof tizim yo‘lga qo‘yilgan. Tashrif buyuruvchilarga Toshkent shahrida qurilayotgan uylar, ularga xizmat ko‘rsatadigan banklar, ipoteka kreditlari shartlari haqida batafsil ma’lumotlar beriladi. Oldi-sotdi, garov va ipoteka krediti shartnomalarini rasmiylashtirish tartibi, uy-joyga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalarida ham yordamlashiladi. Eng muhimi, barcha xizmatlar bir joyda ko‘rsatiladi.

 

“Xalqimiz turmushini yaxshilash uchun qancha qarorlar chiqyapti, qulayliklar yaratilyapti. Lekin ko‘pchilik bundan to‘la xabardor emas. Bilganlar ham qayerga borishni bilmay, ovora bo‘ladi. Bu markaz uy olishni istaganlarga kompleks xizmat ko‘rsatib, og‘irini yengil qiladi. Endi markazning elektron platformalarini rivojlantirib, odamlarga yanada qulaylik yaratish kerak”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlat rahbari minglab odamlar tomorqa uchun ipotekadan foydalana olmayotganiga e’tibor qaratib, mutasaddilarga bu bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

“Tomorqa ipotekasini joriy qilish kerak. Tomorqa ipotekasi bu xalq ipotekasi bo‘ladi”, – dedi Prezident.  

 

Markazda qurilish va developer kompaniyalar o‘z ofislarini tashkil etgan. Xaridorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ochilgan ipoteka markazini borib ko‘rdi | Zamon.uz