Indoneziya Putin va Zelenskiy uchrashuvini tashkillashtirishga tayyorligini bildirdi
Ular G20 sammitida uchrashishi mumkin.

Indoneziya “katta yigirmatalik” sammiti doirasida Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy uchrashuvidan manfaatdor. Bu haqda Indoneziyaning Rossiyadagi elchisi Xose Tavares maʼlum qildi.
“Taklif allaqachon Indoneziya prezidenti tomonidan Rossiya va Ukraina rahbarilariga berilgan. Agar ular “yigirmatalik”ning Balidagi sammitida ishtirok etsa, albatta, uchrashuvni tashkil etish uchun imkniyat bo‘ladi. Indoneziya buning amalga oshirilishi uchun yordam berishga tayyor”, – degan diplomat.
Bundan oldin Ukraina prezidenti ofisi rahbari yordamchisi Mixail Podolyak agar Putin G20 sammitiga borsa, Zelenskiy xam Indoneziyaga tashrif buyurishini aytgandi.
“Katta yigirmatalik” davlat rahbarlari sammiti 15-16 noyabr kunlari Balida bo‘lib o‘tadi. Rossiya rahbarining qanday formatda ishtirok etishi hozircha nomaʼlum.
Avvalroq “katta yigirmatalik” moliya vazirlari uchrashi bo‘lib o‘tgandi.







