Fransiya energetika sohasida misli ko‘rilmagan darajada og‘ir vaziyatda
Konditsioner ishlayotgan vaqtda eshigi ochiq turgan do'konlar jarima to'laydi.

Fransiyada elektr energiyasini tejash maqsadida bir qator cheklovlar joriy etildi.Birinchi jarimalar xonada konditsioner yoqilgan holda eshiklari ochiq turgan Parijdagi do‘konlarga berildi, deb yozadi "Parisien gazetasi".
Do‘konlarda konditsioner yoqilgan vaqtda eshiklarni ochiq saqlashni taqiqlash to‘g‘risidagi farmon kuchga kirgan. Fransiya poytaxtidagi taqiq 25-iyuldan kuchga kirgan bo‘lsa-da, do‘konlarga yangi talabga moslashish uchun uch hafta vaqt berildi. 11-avgustdan Parijdagi do'kon egalari jarimaga tortila boshladi. Ular 150 yevro miqdorida jarima to'laydi.
Parij politsiyasi yangi tartibga rioya etilishini tekshirib boradi.Bundan tashqari, savdo shoxobchalari tungi vaqtda yoritilgan belgilarni va havoni ventilyatsiya qilish tizimini o'chirib qo'yishi kerak. Fransiya energetika sohasida misli ko‘rilmagan darajada og‘ir vaziyatda.







