Moskva Ukrainaning qancha boyligini o‘zlashtirgani maʼlum bo‘ldi
Kiyev foydali qazilma konlarining katta qismining nazoratini yo‘qotgan.

Rossiya Ukrainada umumiy 12.4 trillion dollarlik resurslari bo‘lgan konlarni nazoratga oldi. Bu haqda The Washington Post (WP)xabar berdi.
Gazeta Kanadaning SecDev kompaniyasi maʼlumotlariga asoslangan. Unga ko‘ra, ushbu konlarning bir qismi 2014 yil Qrim anneksiyasi davridayoq egallangan. Xususan, yoqilg‘i, metall va foydali qazilmalarning umumiy qiymati 12.4 trillion dollarga teng. Xususan, Ukraina 63 foiz ko‘mir havzalarini, 11 foiz neft, 20 foiz gaz, 42 foiz metall va 33 foiz nodir rudalar konlarini yo‘qotgan.
SecDev Rossiya armiyasi 41 ta ko‘mir, 27 gaz, 14 ta propan, 9 ta neft, oltita temir, 2 ta titan rudasi, 2 ta sirkoniy konlarini musodara qilganini taʼkidlagan.
WP Ukraina o‘z konlarining 2/3 qismining ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishi mumkinligini yozgan. Bu G‘arbiy Yevropaning Xitoy va Rossiya importiga muqobil topishini qiyinlashtiradi.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy Ukrainada musodara qilingan Rossiya mulklari to‘g‘risida maʼlumot bergandi.







