O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev “Real Madrid” ko‘magida tashkil etilgan futbol akademiyasiga bordi

Prezident mazkur akademiya tajribasini ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

Shavkat Mirziyoyev “Real Madrid” ko‘magida tashkil etilgan futbol akademiyasiga bordi

 

Bugun, 12 avgust kuni Shavkat Mirziyoyev Bekobod shahriga tashrifi davomida “Metallurg” futbol klubi qoshidagi “El Golazo” futbol akademiyasida bo‘ldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

 

Ushbu maktab Ispaniyaning taniqli “Real Madrid” klubi jamg‘armasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, o‘tgan yili oktyabrda faoliyat boshlagan. Tabiiy va sun’iy chimli stadionlar, fitnes zali, o‘quv binolari va yotoqxonada zamonaviy sharoitlar yaratilgan. O‘quv-mashg‘ulotlari “Real Madrid” futbol klubi an’analariga mos ravishda olib boriladi. Murabbiylarning uch nafari ispaniyalik.

 

Bugungi kunda akademiyada 200 nafardan ortiq o‘quvchi saboq olmoqda. Bu yerda o‘qish istagidagi yoshlar ko‘p. Shu bois 11 yoshdan 17 yoshgacha bolalar tanlov asosida qabul qilinadi. Yaqinda 48 nafar iqtidorli tarbiyalanuvchi Ispaniyada mahorat oshirib keldi.

 

Davlat rahbari akademiyada yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi, bolalar bilan suhbatlashdi.

 

“Shunday zamonaviy sharoitlarda o‘qiyotganingiz, yonib turgan ko‘zlaringizni ko‘rib, xursand bo‘ldim. Kelgusida sizlardan mashhur futbolchilar, chempionlar yetishib chiqishiga ishonaman. Eng muhimi, sog‘lom bo‘lib ulg‘ayasiz, farzandlaringizni ham sportga oshno qilib tarbiyalaysiz. Maqsadimiz - yoshlar o‘rtasida ana shunday muhitni shakllantirish”, — dedi Prezident.

 

Davlat rahbari mutasaddilarga bu futbol maktabi tajribasini ommalashtirish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Bekobodlik nuroniylar, sektorlar rahbarlari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari bilan ham samimiy suhbat bo‘ldi. Yangi “mahallabay” tizimini joriy etish, tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolar muammolarini hal qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida fikr almashildi.

 

Shu bilan Prezident Bekobod shahriga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev “Real Madrid” ko‘magida tashkil etilgan futbol akademiyasiga bordi | Zamon.uz