BMTning Ukraina doni eksporti bo‘yicha koordinatori tayinlandi
1 avgust kuni Qora dengizdan g‘alla eksporti tiklangandi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Amir Mahmud Abdullani Qora dengiz don tashabbusi koordinatori etib tayinladi.
U bu vazifani vaqtinchalik egallab turgan Frederika Kenni lavozimini egallaydi. Abdulla 30 yildan ortiq BMT butunjahon oziq-ovqat dasturida ishlagan. Tashkilot gumanitar sohadagi tajribasiga ishonch bildirgan.
Maʼlumot o‘rnida: 22 iyul kuni Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT g‘alla eksportini tiklash bo‘yicha to‘rt tomonlama kelishuvga erishdi. Istanbulda uning amalga oshirilishi yuzasidan koordinatsion markaz tuzildi. 1 avgust kuni g‘alla ortilgan ilk kema Odessa portidan yo‘lga chiqdi.
Avvalroq Ukrainaning oyiga 3 million tonna don eksport qilish imkoniyatiga egaligi to‘g‘risida xabar berilgandi.







