Olmaliqda yuk mashinasi agʻdarilib ketdi
YHXB hodisa sababini maʼlum qildi.

Ijtimoiy tarmoqda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida yuk ortilgan Kamaz avtomashinasi agʻdarilib ketgani haqida videoxabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIBB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Hodisa bugun, 13-avgust kuni soat 19:00 da Olmaliq shahrining “Ehtirom” koʻchasida sodir boʻlgan. Mazkur koʻcha boʻylab harakatlanib ketayotgan Damas haydovchisi 1968-yilda tugʻilgan N .S. tartibga solinmagan joyda yoʻldan oʻtayotgan piyodaga yoʻl berish maqsadida toʻxtagan va u bilan bir yoʻnalishda boʻlgan ZIL-4502 yuk mashinasi haydovchisi R. B. rul boshqaruvni yoʻqotib, agʻdarilgan.
YTH oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan, avtomobillarga texnik shikast yetgan. Hozirda xolat boʻyicha Olmaliq shahri IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








