Starbucks tarmog‘ining nomi o‘zgaradimi?
Sobiq qahvaxonalar tarmog‘ining uchta ehtimoliy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar topshirilgani aytilmoqda.

“Rospatent”ning elektron maʼlumotlar bazasida Rossiyadagi sobiq Starbucks qahvaxonalar tarmog‘ining uchta ehtimoliy nomini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar paydo bo‘ldi, deya xabar berdi rbc.ru.
Yangi nom variantlari sifatida Stars Pinskiy Coffee, Stars Kanokov Coffee va Stars Coffee ko‘rilmoqda.
Repper kompaniyasidagi manba maʼlumotni tasdiqladi, ammo qaysi variant yakuniy bo‘lishiga hali aniqlik kirita olmadi.
Tarmoqning yangi egalaridan biri reper Timati atrofidaga manbalar ushbu maʼlumotlarni tasdiqlagan. Ammo yakuniy variant qanday bo‘lishi sirligicha qolmoqda.







