Bayden navbatdagi saylovda qatnashmaydi
Ekspertlar uning siyosatidan norozi.

Jo Bayden 2024-yilda boʻlib oʻtadigan navbatdagi prezidentlik saylovlarida qatnashmaydi. Bu haqda AQSH Vakillar palatasining nazorat va islohotlar qoʻmitasi raisi Kerolin Maloni maʼlum qildi.
Ekapertlarning fikricha, Bayden siyosati demokratlarning saylovlarda magʻlub boʻlishiga olib keladi.
Avvalroq Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer Amerika yetakchisining yana prezidentlik uchun kurashga kirishish niyatini tasdiqlagan edi. Ommaviy axborot vositalari Bayden bu haqda Barak Obamaga shaxsan oʻzi gapirgani haqida ham yozishgan.








