O'zbekiston

Ekoqoʻmita raisi bir vaqtning oʻzida 6 ta mashinadan foydalanadimi?

Ijtimoiy tarmoqdagi xabarlarga rasmiy izoh berildi.

Ekoqoʻmita raisi bir vaqtning oʻzida 6 ta mashinadan foydalanadimi?

 

 

Ijtimoiy tarmoqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi bir vaqtning oʻzida 5-6 ta xizmat mashinasidan foydalanishi haqida maʼlumotlar tarqaldi. Mazkur xabarlar yuzasidan qoʻmita matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, qoʻmita rahbariyati xizmat avtomashinalaridan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib-qoidalarga asosan foydalanib kelmoqda. Qoʻmita raisiga 1 ta “Merсedes” avtotransport vositasi biriktirilgan. Shuningdek, zarur hollarda xizmat vazifasini oʻtash davomida olis va chekka hududlarga xizmat safari vaqtida yonilgʻi xarajatlarini tejash maqsadida texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan xarid qilingan navbatchi elektromobil ishlatilishi mumkin.

 

Joriy yilning oʻtgan davrida Qoʻmitaning barcha hududiy boʻlinmalari, shu jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro va Navoiy viloyatlarining olis va chekka hududlarida joylashgan muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida 40 dan ortiq avtotransport vositalari (“Niva”, elektromobil, “Damas”) xorijiy hamkorlarning texnik koʻmak mablagʻlari hisobidan xarid qilingan. Taʼkidlanishicha, ushbu avtotransport vositalari xaridi uchun byudjet mablagʻlari umuman sarf qilinmagan.

 

“Davlat ekologiya qoʻmitasi shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obroʻsizlantirilishiga olib keladigan yolgʻon, asoslanmagan axborotni tarqatganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida tegishli javobgarlik normalari belgilanganligini eslatib oʻtamiz”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ekoqoʻmita raisi bir vaqtning oʻzida 6 ta mashinadan foydalanadimi? | Zamon.uz