O'zbekiston

Samarqandlik erkak 2 nafar jizzaxlikni pichoqlab qoʻydi

Oqibatda ulardan biri shifoxonada vafot etgan.

Samarqandlik erkak 2 nafar jizzaxlikni pichoqlab qoʻydi

 

Jizzax shahrida 8-avgust kuni mavsumiy ishchilar oʻrtasida janjal sodir boʻldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi. 

 

Qayd etilishicha, oʻsha kuni soat 21:30 larda Zarbdor tumani Taraqqiyot mahallasi hamda Forish tumani “Bogʻdon” QFYda istiqomat qiluvchi 38 va 31 yoshli ikki fuqaro oʻzaro gaplashib turganda Samarqand viloyati Bulungʻur tumani Qangli qishlogʻida yashovchi 1966-yilda tugʻilgan fuqaro ularning suhbatiga kelib qoʻshilgan.

 

Zarbdorlik shaxs samarqandlik erkakning koʻylagi choʻntagidan hazillashib 50 ming soʻm pullarini olib qoʻygan vaqtida janjal kelib chiqqan. Nizo davomida bulungʻurlik shaxs sumkasida boʻlgan oshxona pichogʻi bilan ushbu ikki fuqaroga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Zarbdor tumanida yashovchi fuqaro koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan vafot etgan, tan jarohati olgan ikkinchi shaxs esa Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filialining jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

 

Holat yuzasidan Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Samarqandlik erkak 2 nafar jizzaxlikni pichoqlab qoʻydi | Zamon.uz