Toshkentda Jiguli daraxtga urilib, ikkiga boʻlinib ketdi
YHXB hodisa sababi va oqibatini maʼlum qildi.

Bugun, 14-avgust kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Jiguli daraxtga urilishi oqibatida ikkiga boʻlinib ketdi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumot berdi.
Hodisa soat 07:30 larda Sergeli tumanining “Yangi Sergeli” koʻchasida sodir boʻlgan. Mazkur tumanda yashovchi 2002-yilda tugʻilgan fuqaro P. I. VAZ-2106 rusumli transport vositasida avtomashinalar sotuvi bozori tomondan Janubiy temiryoʻl vokzali tomonga harakatlanayotib, “Turon” savdo majmuasi binosi qarshisida rul boshqaruvini yoʻqotgan va daraxtga borib urilgan.
YTH oqibatida haydovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








