Toshkentning asosiy koʻchalaridan biri nomaʼlum muddatga yopildi
Shahar hokimligi cheklov sababini maʼlum qildi.

Navoiyshoh koʻchasida olib borilayotgan yoʻl qurilishi ishlari sababli 14-avgust soat 20:00 dan ishlar yakunlanguniga qadar ushbu koʻchaning Abay koʻchasi bilan kesishmasidan Xadra maydonining Furqat koʻchasigacha boʻlgan qismi yopiladi.
“Haydovchilardan aylanma yoʻllardan foydalanishlarini va noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz”, – deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.








