Hindiston qachon jahonning eng rivojlangan davlatlari qatoriga kiradi?
Mamlakat bosh vaziri bu bo‘yicha rejalarni ochiqlandi.

Hindiston 2047 yilda dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga kiradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Narendra Modi maʼlum qildi.
"Keyingi 25 yil hal qiluvchi davr bo‘ladi", — degan siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2047 yil, mustaqillikning 100 yilligida Hindiston eng rivojlangan mamlakatlardan biriga aylanishi kerak.
Modi yoshlarni shu maqsadga erishish uchun qasamyod qilishga chaqirgan. Bosh vazir bu qasamyod besh tamoyildan iboratligini aytgan: Hindiston taraqqiyoti uchun qatʼiy harakat; mustamlaka qaramligining barcha izlarini yo‘qotish; milliy meros bilan faxrlanish; birlik va fuqarolik majburiyatlariga amal qilish.
Hindiston dushanba kuni mustaqillikning 75 yilligini nishonlamoqda.







