“Oʻzgidromet” 16-avgust kungi ob-havo prognozini eʼlon qildi
Bugun respublikaning ayrim hududlarida chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin.

“Oʻzgidromet” 16-avgust kuni soat 20:00 gacha respublika hududida kuzatiladigan ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Unga koʻra, bugun Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24, kunduzi 37-39 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 23-28, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlar havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27, kunduzi 35-40 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22, kunduzi 29-34 daraja boʻladi.








