O'zbekiston

BMT O‘zbekistonga chigirtkalarga qarshi kurashda amaliy yordam ko‘rsatmoqda

Butunjahon oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bilan bu bo‘yicha muhim loyiha amalga oshirilmoqda.

BMT O‘zbekistonga chigirtkalarga qarshi kurashda amaliy yordam ko‘rsatmoqda

 

 

Markaziy Osiyoda chigirtkalar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga xavf soluvchi o‘tkir mintaqaviy muammo hisoblanadi. Masalan, 2020 yilda chigirtkalar “hujumi” 327,4 ming gektar maydonga tarqalgan.

 

Zararli hasharotlar bilan bog‘liq muammoning global mohiyatini hisobga olgan holda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo davlatlariga «Markaziy Osiyoda chigirtkalarga qarshi kurashishni takomillashtirish (II bosqich)» mintaqaviy loyihasi doirasida yordam ko‘rsatmoqda. Mazkur loyiha Afg‘oniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda amalga oshirilyapti.. Bu orqali  Markaziy Osiyo mamlakatlari qishloq xo‘jaligiga ham, davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligiga ham ijobiy taʼsir ko‘rsatishiga, shuningdek, chigirtkalarga qarshi kurashishda mintaqaviy hamkorlikni yana-da mustahkamlash mumkin.

 

Loyihani amalga oshirish jarayonida yuqorida qayd etib o‘tilgan mamlakatlarga chigirtkalarni kuzatish va nazorat qilish uchun uskunalar va jihozlar, shaxsiy himoya vositalari, shuningdek, xavfli zararkunandalarga qarshi kurashish uchun chigirtkalarni nazorat qilish bo‘yicha yangi bilim va texnologiyalar taqdim qilinadi. Shuningdek,  bilim va ko‘nikmalarga alohida eʼtibor qaratiladi.

 

Masalan, loyiha doirasida joriy yilning iyul oyi oxirida Toshkent shahrida FAO xalqaro maslahatchisi, geoaxborot tizimlari bo‘yicha ekspert Nadiya Muratova O‘Zbekiston Respublikasi O‘simliklarni himoya qilish agentligi xodimlari, O‘simliklar karantini ilmiy-tadqiqot instituti va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar vakillari uchun bir qator treninglar o‘tkazdi. Treninglar mavzusi Avtomatlashtirilgan maʼlumotlarni yig‘ish tizimi (ASDC) va Kavkaz va Markaziy Osiyoda chigirtkalarni boshqarish tizimi (CCALM) kabi masalalarga bag‘ishlandi. Treninglarda O‘zbekistonning barcha hududlaridan 25 nafardan ortiq mutaxassis ishtirok etdi.

 

ASDC 2013 yilda Kavkaz va Markaziy Osiyodagi chigirtkalar bo‘yicha maʼlumotlarni to‘plashni standartlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, dastlab 2014-2015 yillarda Gruziya, Rossiya va O‘zbekistonda sinovdan o‘tgan va hozirda ko‘plab mamlakatlarda amalga oshirilmoqda. ASDC atrof-muhit xavfsizligi va operatorlarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarni o‘z ichiga olgan chigirtkalarni o‘rganish va chigirtkalarga qarshi ishlov berish to‘g‘risida maʼlumot to‘plashni osonlashtirish uchun yaratilgan.  Ushbu maʼlumotlar mobil aloqa orqali onlayn rejimida "Kavkaz va Markaziy Osiyoda chigirtkalarni boshqarish tizimi" (CCALM) geografik axborot tizimiga uzatiladi, bu boshqa maʼlumotlar bilan birgalikda chigirtkalar holatini tahlil qilish va bashorat qilishni yaxshilashga imkon beradi.

 

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

BMT O‘zbekistonga chigirtkalarga qarshi kurashda amaliy yordam ko‘rsatmoqda | Zamon.uz