Jill Bayden koronavirusga chalindi
U Prezident bilan taʼtilda dam olayotgan edi.

AQSH prezidentining rafiqasi Jill Baydenda COVID-19 testi ijobiy chiqdi. Unda kasallik yengil alomatlar bilan kechmoqda.
Dushanba kuni kechqurun Birinchi xonimda COVID-19 alomatlari paydo boʻla boshlagach, test topshirgan. U Janubiy Karolinadagi rezidensiyasida kamida besh kun izolyatsiya qilinadi va ikkita salbiy COVID-19 test natijalarini olgandan keyingina Oq uyga qaytadi. Davolash uchun Jill Baydenga "Paxlovid" dori kursi buyurildi.
Bunga qadar birinchi xonim infeksiyaga qarshi emlangan.
Eslatib oʻtamiz, AQSH mudofaa vazirligi rahbari Lloyd Ostin ham koronavirus bilan kasallangan.








