Jahon

Norvegiya nima uchun Yevropaga gaz yetkazib berishni oshira olmasligini tushuntiradi

Mamlakat hozirda Germaniya tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyojining 30 foizdan ortig‘ini qoplamoqda.

Norvegiya nima uchun Yevropaga gaz yetkazib berishni oshira olmasligini tushuntiradi

 

Norvegiya Germaniya va Yevropaga gaz yetkazib berishni kengaytirish imkoniga ega emas. Bu haqda Norvegiya bosh vaziri Yonas Gahr Stere Germaniya kansleri Olaf Shols bilan Osloda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aytib o‘tdi.

 

U Norvegiya hozirda gaz eksportini oshirganini va hozirda "yetkazib berishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdorda" ekanini ta’kidladi.

 

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan beri Norvegiyada gaz qazib olish deyarli 10 foizga oshgan. Shu bilan birga, ishlab chiqarishni qo‘shimcha ravishda oshirish faqat yangi gaz konlarini ochish bilangina amalga oshirilishi mumkin.

 

Bosh vazir Norvegiya Germaniya va Yevropaga har qachongidan ham ko‘proq gaz va neft yetkazib berayotganini ta’kidladi. Xususan, qirollik Germaniyaga Rossiyadan keyin ikkinchi yirik gaz yetkazib beruvchi hisoblanadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Norvegiya nima uchun Yevropaga gaz yetkazib berishni oshira olmasligini tushuntiradi | Zamon.uz