Toshkent viloyatida yangi temir yo‘l ko‘prigi qurilishi boshlandi
Ko‘prik kelasi yil foydalanishga topshirilishi aytilmoqda.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi Nazarbek shaharchasi hududida temir yo‘l qurilish ishlari boshlab yuborildi.
Loyiha doirasida umumiy uzunligi 398 metr, kengligi 22 metr, ko‘prikosti balandligi esa 7 metr bo‘lgan tonnel tipidagi yo‘l o‘tkazgich quriladi.
II bosqichda avtomobil yo‘li ko‘prigi hamda temiryo‘l ko‘prigi barpo etiladi.
Ko‘prikni 2023-yil foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.
Ekspluatasiya unumdorligi: 32 mingdan ziyod mahalliy aholi va o‘tib-qaytayotgan boshqa haydovchilarning vaqti tejaladi, avtomobillar tirbandligi bartaraf etiladi.







