Yadro urushi oqibatida qancha inson halok bo‘lishi mumkin?
G‘arb olimlari qo‘shma tadqiqotida bu bo‘yicha taxminlar ochiqlandi.

Rossiya va NATO o‘rtasida yadro urushi sodir bo‘lsa, sayyoraning 5 milliard aholisi halok bo‘ladi. Bu haqda AQSH, Norvegiya va Germaniya universitetlari olimlari qo‘shma tadqiqotida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, AQSH va uning ittifoqchilari hamda Rossiya o‘rtasida atom urushi boshlansa, dunyodagi mavjud 90 foiz yadro quroli ishlatiladi. Oqibatda atmosferaga 165 million tonna radiatsion qurum chiqadi va sayyorada yadroviy qish boshlanadi.
Bevosita yadro zaryadlari portlashi oqibatida 360 million kishi halok bo‘ladi. 5 milliard aholi esa iqlim halokati oqibatida kelib chiqqan oziq-ovqat inqirozi qurboniga aylanadi.
Shuningdek, Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi yadro urushi 2 milliard insonning hayotiga zomin bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan.
Avvalroq Antoniu Guterrish dunyo davlatlarini yadro qurolidan voz kechishga chaqirgandi.







