Seul KXDR va AQSHni “yarashtirmoqchi”
Buning uchun Shimoliy Koreya yadro dasturini to‘xtatishi kerak.

Seul Pxenyanning AQSH bilan munosabatlari normallashuviga yordam ko‘rsatishga tayyor. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol maʼlum qildi.
"Koreya ozodligi kuni munosabati bilan so‘zlagan nutqimda men Shimoliy Koreya yadro quroli yaratishni to‘xtatgan taqdirda, siyosiy, iqtisodiy va harbiy yordam taklif qildim", —degan u.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bu, shuningdek, AQSH va KXDR munosabatlarini normallashtirishga qaratilgan qadamlarni ham o‘z ichiga oladi.
Avvalroq Shimoliy Koreya Seulni Ikkinchi Koreya urushi xavfidan ogohlantirgandi.







