Jahon

Mars tuprog‘ida sabzavotlar yetishtirildi

Avvalroq olimlar unda ko‘kat o‘stirishgandi.

Mars tuprog‘ida sabzavotlar yetishtirildi

 

Ayova universiteti olimlari laboratoriya sharoitida Mars tuprog‘ida sholg‘om, turp va salat bargi  o‘stirishdi. Bu haqda “Space” nashri xabar bermoqda. 

 

Mutaxassislar uzoq vaqtdan beri Marsda ekinlarni yetishtirish yo‘llarini izlab kelishgan, biroq uning tuprog‘ida o‘simliklar o‘sishi uchun zarur bo‘lgan organik ozuqalar kam va suvi juda sho‘r. Yangi tadqiqotda olimlar Qizil sayyoradagi vulqon jinslarini o‘rganib, o‘simliklar yetishtirish tajribasini o‘tkazdilar.

 

Tadqiqotchilar chorva uchun pichan sifatida yig‘ib olinadigan beda yaxshi o‘sishini aniqladilar. Bundan tashqari, maydalangan ushbu bedadan hosil bo‘lgan kukun taqir tuproqda sholg‘om, turp va salat o‘sishi uchun o‘g‘it sifatida xizmat qilishi mumkin.

 

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"