O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi

Unda mamlakatning 20 ga yaqin eng yirik kompaniya va korporatsiya rahbarlari ishtirok etgan.

Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Jidda shahrida Saudiya Arabistoni Podshohligining yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Tadbirda investisiyalar vaziri Xolid al-Falih hamda  podshohlikning «ACWA Power», «SABIC», «Saudi National Bank», «Al Rajhi Capital», «Ma'aden», «Petromin» «Jamjoom Pharma», «SEDCO», «Salic», «Albawani», «Ajlan & Bros», «Desert Technologies» kabi yigirmaga yaqin eng yirik kompaniya va korporasiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

 

Davlat rahbarining xorijga tashriflari davomida ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazish an’anaga aylangan. Bunday muloqotlar manfaatlar tutashgan nuqtalarni aniqlash, sanoat kooperasiyasi va investision hamkorlik istiqbollarini belgilab olish uchun yaxshi imkoniyat.

 

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘zaro munosabatlarni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish uchun ulkan salohiyatga ega. Keyingi yillarda Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi ortib, qo‘shma korxonalar ochilmoqda.

 

Prezident kecha Valiahd shahzoda bilan muzokaralarda ikki tomonlama savdo aylanmasini bir necha karra ko‘paytirish, tadbirkorlarning tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va investisiya loyihalarni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ta’kidladi.

 

Bu hamkorlikdagi biznes uchun qulay imkoniyat. Xususan, O‘zbekistonda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, xorijiy sarmoya ishtirokini kengaytirish uchun eng qulay sharoitlar yaratilmoqda.

 

O‘zbekistonda muvaffaqiyatli ish yuritayotgan Saudiya kompaniyalarining tajribasi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, “ACWA Power” kompaniyasi bilan hamkorlikda 2 milliard 600 million dollarlik yirik energetika loyihalari boshlangan.

 

Ishtirokchilarning e’tibori tashrif arafasida o‘tgan O‘zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishining misli ko‘rilmagan natijalariga qaratildi. Jumladan, uning yakunida umumiy qiymati 14 milliard dolladan ziyod loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.

 

O‘tgan 30 yilda bunday ulkan kelishuvlarga erishilmagani, saudiyalik hamkorlar uchun eng yaxshi sharoitlar yaratish ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.

 

Davlat rahbari Saudiya kompaniyalarini yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda yanada yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi.

 

Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki tomonlama sheriklikni rivojlantirishga doir fikrlarini bayon qildi. Xususan, saudiyalik ishbilarmonlar O‘zbekistondagi yirik banklar, sanoat va infratuzilma ob’yektlarini xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etishga taklif etildi. Qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun eng istiqbolli sohalar sifatida “yashil” energetika va “yashil” iqtisodiyot ko‘rsatib o‘tildi.

 

O‘zbekiston shamol elektr stansiyalarini barpo etish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish, muqobil energetikani rivojlantirish, sanoatda raqamlashtirishni chuqurlashtirish va qo‘shma ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanish borasida faol hamkorlikka tayyor ekani ta’kidlandi.

 

O‘zbekiston yetakchisi mamlakat raqamli iqtisodiyot, bio va nanotexnologiyalar, dasturiy ta’minot, innovasiyalar va sun’iy intellekt sohalarida sheriklikni kengaytirishdan manfaatdorligini qayd etdi.

 

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, sog‘liqni saqlash va turizm loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish taklif qilindi.

 

Shuningdek, O‘zbekistonda Saudiya taraqqiyot fondi ishtirokida suv va elektr ta’minoti borasidagi infratuzilmaviy loyihalarni takomillashtirish ishlarini davom ettirish rejalashtirilgan.

 

Hamkorlik qilish taklifiga javob berar ekan, Saudiya Arabistoni kompaniya, xolding va korporasiyalari rahbarlari O‘zbekistonda faol biznes uchun yaratilgan sharoitlarni yuksak baholadilar. O‘z chiqishlarida ular qo‘shma loyihalarni amalga oshirish rejalarini bayon qilib, turli xil yo‘nalishlarda o‘zaro aloqalar va sheriklikni rivojlantirishga doir nuqtai nazari bilan bo‘lishdilar.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev saudiyalik hamkorlarning taklif va fikr-mulohazalarini diqqat bilan tinglab, barcha loyihalarning amalga oshirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilishini qayd etdi.

 

Mutasaddilarga ta’sirchan mexanizmlar va aniq ijro muddatlari ko‘rsatilgan kompleks “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilish topshirildi. Shu orqali tashrif doirasida erishilgan barcha kelishuvlar ijrosi uchun tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari shaxsan javobgar bo‘ladilar

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Saudiyaning ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi | Zamon.uz