Sirdaryoda avtobus gaz balloni portlab ketdi
Hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar bor.

Bugun, 18-avgust kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida “Isuzu” rusumli avtobusga o‘rnatilgan gaz ballonida yorilish sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, soat 14:30 atrofida Oqoltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxbchasida Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi avtomaktabga tegishli bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtobus metan gaz to‘ldirib chiqqan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz balonlarining birida yorilish sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.
Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati boshchiligida ishchi guruh yetib borgan. Shuningdek, voqea joyida viloyat hamda tuman FVB, IIV, SSV rahbariyati, prokuratura xodimlari holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








