AQSH davlat departamenti Kongressni Rossiya masalasida ogohlantirdi
Avvalroq Vashington Moskvani “terrorizm homiysi” deb eʼlon qilishi mumkinligi maʼlum bo‘lgandi.

Rossiyaning AQSH tomonidan terrorizm homiysi davlati deb tan olinishi bir qator muammolarga sabab bo‘ladi. Davlat departamenti bu haqda Kongressni ogohlantirgan.
Politico gazetasining manbalarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu qadam Ukraina g‘allasining eksport qilinishi bo‘yicha kelishuvning buzilishiga olib kelishi mumkin. Davlat departamenti Moskvaning o‘z majburiyatlarini bajarish bo‘yicha hech qanday kafolat yo‘qligini taʼkidlagan.
Bundan tashqari, terrorizm homiysi deb eʼlon qilingan taqdirda, Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etiladi. Bu AQSH kompaniyalarining RF bozorida kelishuvlar imzolashini va iqtisodiy ishtirokini cheklaydi. Xususan, bu yadro materiallari bo‘yicha hamkorlikning to‘xtashiga olib keladi.
Hozirda Kongress Suriya, Eron, KXDR va Kubani terrorizm homiysi deb eʼlon qilgan. Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Rossiyani ham ushbu ro‘yxatga qo‘shish tashabbusini ilgari surgan.
AQSH senati bu taklifni qo‘llab-quvvatlagan. Kongress bu bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqqan. Rossiya TIV agar ushbu qadam tashlansa, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar to‘liq uzilishidan ogohlantirgan.







