Jahon

Endi qandli diabetni ilk alomatidan oldin aniqlash mumkin

Olimlar bu bo‘yicha jonivorlarda va odamlarda tajriba o‘tkazdi.

Endi qandli diabetni ilk alomatidan oldin aniqlash mumkin

 

 

Shveysariyaning Jeneva universiteti olimlari qandli diabetni kasallikning ilk belgilari paydo bo‘lishidan avval aniqlash imkonini beruvchi molekulani topdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, yallig‘lanish diabet rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Jumladan, oshqozon osti bezining yog‘ga to‘lib qolishi va zararlanishi insulin ishlab chiqaruvchi beta-hujayralar faoliyatini o‘zgartiradi hamda ularning kamroq gormon ishlab chiqarishiga sabab bo‘ladi.

 

Qisqa qilib aytganda, beta-hujayralar zararlanishi ushbu kasallikning belgisi hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchilar sun’iy intellekt va molekulyar biologiya usullari yordamida tajriba o‘tkazdi.

 

Natijada minglab molekulalar orasidan aynan oshqozon osti bezi beta hujayralari shikastlanishini eng yaqqol ifodalovchi turi aniqlandi. Bu 1,5-angidroglyusitola (1,5-AGG) molekulasi bo‘lib, tanada uning kamayishi beta-hujayralar tanqisligidan dalolat beradi.

 

Dastlab jonivorlarda muvaffaqiyatli o‘tkazilgan tajriba navbatdagi bosqichda odamlarda sinab ko‘rilgan. Bu jarayonda qandli diabetga chalingan va sog‘lom insonlarning 1,5-angidroglyusitola miqdori solishtirilgan.

 

“Qandli diabet bilan kasallanganlarda 1,5-AGG darajasi sezilarli miqdorda pasayishiga ishonch hosil qildik. Bu xastalikning dastlabki belgilari boshlanishidan oldin ham kuzatilishi qayd etildi”, — deydi tadqiqot bosh muallifi Sesiliya Ximenes-Sanches.

 

Ushbu kashfiyot qandli diabet profilaktikasiga doir qulay va arzon usullarni ishlab chiqishga yordam berishi mumkin. Chunki 1,5-AGG darajasini oddiy qon tekshiruvi yordamida osongina aniqlasa bo‘ladi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Endi qandli diabetni ilk alomatidan oldin aniqlash mumkin | Zamon.uz