Jahon

Sizdan ugina, bizdan bugina: Toliblar Rossiyadan mayiz evaziga neft so‘rayapti

Afg‘oniston Moskva bilan barter savdosini yo‘lga qo‘ymoqchi.

Sizdan ugina, bizdan bugina: Toliblar Rossiyadan mayiz evaziga neft so‘rayapti

 

Afg‘onistondan mayiz, foydali qazilmalar va dorivor o‘tlar evaziga Rossiyadan neft mahsulotlari sotib olmoqchi. Bu haqda mamlakat savdo vaziri Nuriddin Aziziy “RIA Novosti” agentligiga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

 

“Bizning rejalarimizda Rossiya tovarlarini barter evaziga import qilish. Agar bu amalga oshmasa, moliyaviy tranzaksiyalar orqali savdo qilishga tayyormiz. Bu masalada hech qanday muammo yo‘q — xomashyo sotib olish uchun YEI yoki AQSH Afg‘onistonga hech qanday cheklov qo‘ymagan, biz tovarlar uchun pul to‘lashimiz mumkin”, – degan vazir.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Kobul yil oxiriga qadar Moskvadan 1 million tonna benzin va 1 million tonna dizel yoqilg‘isini sotib olish istagida.

 

Neft mahsulotlari evaziga Afg‘oniston foydali qazilmalar taklif qilishi mumkin.

 

“Bundan tashqari, bizda quruq mevalar va dorivor o‘tlar bor. Afg‘oniston tarixan Rossiyaga katta hajmda mayiz yetkazib bergan. Biz yuzlab tonna shu turdagi mahsulotlar eksport qilishimiz mumkin. Hozirda dorivor o‘tlar narxi juda baland. Rossiya esa shu turdagi xomashyoga muhtoj”, – deb qayd etgan Aziziy.

 

 Avvalroq Rossiya TIV Afg‘onistondan Markaziy Osiyoga narkotiklar kirib kelishi ko‘paygani to‘g‘risida maʼlumot bergandi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Sizdan ugina, bizdan bugina: Toliblar Rossiyadan mayiz evaziga neft so‘rayapti | Zamon.uz