Toshkentda YPX mashinasi yonib ketdi
IIBB YHXB hodisa sababini ochiqladi.

Bugun, 19-avgust kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida YPX avtomashinasi yonib ketdi. Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, soat 12.20 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shohko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX inspektori safdor M. X. boshqaruvidagi Lasetti rusumli avtomashinasi yonib ketgan. Bunga transport vositasining dvigatel qismida elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.
“Ushbu yong‘in tezkorlik bilan bartaraf etilgan, yong‘in natijasida tan jaroxat olganlar yuq”, — deyiladi xabarda.
Hozirda holat yuzasidan FVV Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.








