Buyuk Britaniya TIV: Putinning G20 sammitida ishtirok etishga haqqi yo‘q
Avvalroq Putinning “katta yigirmatalik”ning Balidagi yig‘ilishiga borishi xabar qilingandi.

Buyuk Britaniya TIV Vladimir Putinning G20 sammitida ishtirok etishiga qarshilik bildirdi.
“Ukrainaga qarshi agressiya davom etar ekan, Rossiyada G20 sammitida ishtirok etish uchun maʼnaviy huquq yo‘q”, – degan vazirlik vakili Reuters agentligiga.
Vakilning nomi keltirilmagan. Shu bilan birga u London Indoneziyaning “katta yigirmatalik” sammitida Ukraina masalasini ko‘tarishga bo‘lgan harakatlarini hamda Vladimir Zelenskiyning ehtimoliy ishtirokini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.







