Xitoy TIV: AQSH boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashishni to‘xtatmayapti
Pekin Vashingtonning Afg‘onistondagi missiyasini “muvafaqqiyatsiz” deb atagan.

Afg‘onistondagi muvafaqqiyatsiz missiyasiga qaramay, Vashington boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishi amaliyotini to‘xtatmadi. Bu haqda Xitoy TIV rasmiy vakili Van Venbin o‘z Twitter sahifasida yozdi.
“AQSH Afg‘onistonda omadsizlikka uchradi. Ammo ular hamon demokratiya va inson huquqlari himoyasi niqobida boshqa davlatlar ichki ishlariga aralashishni to‘xtatgani yo‘q. Bu butun dunyoda qarama-qarshiliklar kuchayishiga hamda parlchalanishlarga olib keladi”, – degan diplomat.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu kabi harakatlar AQSH uchun yangi kulfatlar olib kelishi mumkin.
Avvalroq Pekin Putinga Tayvan masalasida qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirgandi.








