O'zbekiston

Andijonda yana bir tadbirkor o‘zini osib qo‘ydi

Holat yuzasidan hokimlik munosabat bildirdi.

Andijonda yana bir tadbirkor o‘zini osib qo‘ydi

 

Ijtimoiy tarmoqda andijonlik tadbirkor Jalaquduq tumanida o‘zi qurayotgan maktabning sport zalida osib qo‘ygani haqida xabar tarqaldi. Hodisaga tadbirkor pullarini ololmagani sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

 

Rasmiy xabarga ko‘ra, 20-avgust kuni Ulug‘nor tumani “Bobur” MFY Furqat ko‘chasida yashagan fuqaro V.A Jalaquduq tumanidagi 29-sonli maktab sport zalida o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan. 

 

Marhumning tanasi sud-tibbiy ekspertizasi byurosi ekspertlari ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, uning badanida bo‘ynidagi osilishdan qolgan strangulyatsion egat ko‘rinishidagi izlardan tashqari biron-bir tan jarohatlar aniqlanmagan.

 

Holat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. Aniqlanishicha, tadbirkorga hech kim, na prokuror, na hokim tazyiq o‘tkazmagan.

 

“Tadbirkorga qurilishi olib borilayotgan loyiha qiymatining 85 foizi miqdorida mablag‘ ajratilgan”, — deyiladi viloyat hokimligi xabarida.

 

Hozirda marhumning o‘z joniga qasd qilganligi sabablarini aniqlash yuzasidan Jalaquduq tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 45 yoshli tadbirkor o‘ziga tegishli mevali bog‘da joniga qasd qilib, vafot etgandi. Ushbu voqeadan ikki kun keyin uning otasi ham olamdan o‘tgan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Andijonda yana bir tadbirkor o‘zini osib qo‘ydi | Zamon.uz